"EMMM" DUK yangiliklari

Mobil aloqa operatorlarining aloqa sifatiga ta’sir etuvchi repitor qurilmasidan foydalanish to‘xtatildi

Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan viloyat hududida radiomonitoring tadbirlari amalga oshirildi. O‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Namangan viloyati, Chust tumani, Yangi  Bogʿishamol MFYda joylashgan xonadonda mobil aloqa signalini kuchaytirib beruvchi repitor qurilmasi ishlayotganligi kuzatildi.

Ushbu qurilma hududdagi mobil aloqa operatorlari tayanch stansiyalarining sifatli ishlashiga xalaqit berib kelganligi aniqlandi. Sodir bo‘layotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi repitor qurilmasi egasiga ogohlantirish xati berildi va undan foydalanish to‘xtatildi.

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga muvofiq texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish (xorijdan xarid qilish), va ulardan foydalanish qat’iyan man qilinadi.

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 2-toifali muhandisi E.Mamatqulov

Faylni tanlang