O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabr sanasidagi PF‑6079-son “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablaridan kelib chiqib, joriy yilning 16-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy sho‘basi va “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi boshchiligida mobil aloqa operatorlari hududiy bo‘linma va filial rahbarlari hamda texnik muhandislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi A-380 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida uyali aloqa operatorlarning mobil aloqa qamrovini o‘rganish natijasida mobil internet qamrovi yetarli bo‘lmagan va ovozli aloqa umuman mavjud bo‘lmagan hududlarlarga yangi tayanch stansiyalarini qurish kerakligi taklif etildi hamda istiqbolli rejalari muhokama qilindi. Yig‘ilish so‘ngida mobil internet qamrovi mavjud bo‘lmagan magistral yo‘llarni sifatli aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy sho‘basi tomonidan mobil aloqa operatorlarining hududiy vakillariga tegishli vazifalar va takliflar berildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX boshlig‘i yig‘ilish ishtirokchilariga “EMMM” DUK tomonidan yangi xizmat turlari joriy qilinganligi va iste’molchilarning ushbu yangi xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-toifali muhandisi A.Kartbaev