EMMM yangiliklari

Monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 17-aprel kuni  “EMMM” DUK boshliq o‘rinbosari A.X.Xashimxodjayev va Monopoliyaga qarshi komplaens bo‘yicha yetakchi mutaxassisi V.L.Guseinov boshchiligida markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari hamda viloyat EMMX boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Monopoliyaga qarshi komplaens bo‘yicha yetakchi mutaxassisi V.L.Guseinov so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilarining e’tiborini O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi “Monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish to‘g‘risida”gi 114-son qaroriga jiddiy yondashuv bilan qarashlarini so‘radi. 

Ushbu qonun hujjatlarining sifatli va to‘liq ijrosini ta’minlash maqsadida, “EMMM” DUKda “2025-yilga mo‘ljallangan raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi xavfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilganligini va boshliq tomonidan 2025-yil 25-fevraldagi 7-F-son farmoyish  tasdiqlanganligini aytib o‘tdi.

2025-yilning 1-choragida Dastur ijrosini o‘rganish natijasida, umuman olganda, “EMMM” DUK apparati bo‘lim va xizmatlari rahbarlari hamda EMMX boshliqlari texnik o‘quv va seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Farmoyishni bajarishga mas’uliyat bilan yondashganlari ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham qayd etildi. Shu munosabat bilan Dastur bandlarining bajarilishi yuzasidan fikr almashildi, mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, Monopoliyaga qarshi choralar dasturini bajarish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Faylni tanlang