2024-yil 5-iyul kuni Namangan viloyati IIB o‘quv zalida Namangan viloyati EMMX muhandislari tomonidan “Radioelektron vositalarni noqonuniy ravishda foydalanishlarni oldini olish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorning mazmun-mohiyatini hamda ushbu qarorga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganligi to‘g‘risida tushintirilib o‘tildi.
O‘quv seminari ishtirokchilari, radiochastota spektri monitoringi va elektromagnit moslashuvi yo‘nalishida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar.
Seminar so‘ngida, noqonuniy REV va YuChQlardan viloyatimiz hududiga noqonuniy foydalanishni oldini olish, bu yo‘nalishda nazorat sifatini oshirish maqsadida viloyat ichiki ishlar boshqarmasi va Namangan viloyati EMMX o‘rtasida qo‘shma tadbirlar olib borish borasidagi ishlarni kuchaytirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Tayorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali mihandisi X.T. Boltaboyev