EMMM yangiliklari

Namanganda 64-Xalqaro gullar festivali boshlandi

25-may kuni Namangan shahrida 64-Xalqaro gullar festivaliga start berildi. 1961-yilning avgustidan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan mazkur an’anaviy bayramning ochilishida Namangan viloyati EMMX xodimlari xam ishtirok etdilar.

photo2025-05-2714-55-56.jpg

Festival udumiga ko‘ra, soat 10:00 da rang-barang gullarga burkangan 200 dan ziyod mashinadan iborat avtokarvon Namangan xalqaro aeroporti maydonidan Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i sari yo‘l oldi.

photo2025-05-2714-56-03.jpg

10 kilometr masofani bosib o‘tgan avtokarvonda nafaqat retro, balki zamonaviy mashinalarni ham uchratish mumkin. Viloyatdagi turli davlat tashkilotlari, hokimliklar, oliy ta’lim muassasalariga tegishli transport vositalarining har biri o‘ziga xos tarzda bezatilgan.

photo2025-05-2714-56-08.jpg

Tadbirning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov nutq so‘zlab, festival nufuzi yildan-yilga ortib borayotganini qayd etdi.

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Qosimova X.U

Faylni tanlang