"EMMM" DUK yangiliklari

Navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi

2023-yil 3-avgust kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv soatida  “Unicon Soft” MCHJning Axborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi yetakchi muhandisi M.Komolov  tomonidan Edo.ijro.uz elektron hujjat aylanish tizimida yaratilgan yangilik va qulayliklar mazvusida tinglovchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Hozirgi kunda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida barcha turdagi hujjatlar batamom elektronlashtirilgan bo‘lib, bunda “Edo.ijro.uz” tizimi platformasidan samarali foydalanib kelmoqda. 

Tizim qulayligi shundaki, ushbu platforma orqali qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqayotgan topshiriqlarning aniq ijrochisi, ya’ni egasi, shuningdek ularni bajarish muddatlari ham aniq qilib ko‘rsatilib har bir topshiriq alohida nazoratga olinadi. Bu esa o‘z navbatida mas’ullarga qonunchilikda va qonun hujjatlarida belgilangan topshiriq va vazifalarni bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga yordam beradi.

Tizimdan foydalanish natijasida – topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilinadi, aniq mexanizmlar, muddatlar va mas’ullar belgilanadi, ijro intizomi mustahkamlanib, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati oshib boradi.

E’tiborga olish lozim bo‘lgan yana bir muhim holat ortiqcha qog‘ozbozlikning oldini olish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib samaradorlikni oshirishidir.

Ushbu platforma davlat tashkilotlari uchun taklif etilayotgan professional xizmat – tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan tizimdan ko‘ra samarali va bir qancha afzalliklarga ega. Xususan:

-        Har bir vazirlik va idoralar o‘zlari uchun alohida tizim ishlab chiqish va joriy etish uchun milliardlab budjet mablag‘larini sarflamaydi;

-        Har bir hujjat elektron raqamli imzo kalitlari orqali tasdiqlanadi;

-      Ichki hujjatlar (ichki buyruqlar, nazorat rejalari va boshqa hujjatlar) ijro holatini monitoring qilib borish;

-        Tizimdan istalgan joydan turib foydalana olish;

-        Barcha davlat organlari o‘rtasida elektron hujjat almashinish;

-        tizimning muntazam ishlab turishi, kiberxavfsizligini ta’minlash uchun alohida xodimlar olish yoki alohida bo‘linma tashkil qilish shart emas;

-        serverdan katta xotira maydoni sotib olish shart bo‘lmaydi;

-        IT sohasidagi professionallar xizmatidan foydalanadi.

Tizim bazasida elektron raqamli imzo yordamida imzolangan 20 milliondan ortiq yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar mavjud. Bu raqamlar ortidan tejalgan juda katta va millionlab qog‘ozlarni tasavvur qilish mumkin. Ya’ni davlat hokimiyati vakillari hujjatni imzolashi uchun safardan yoki boshqa tadbirdan ofisga kelib o‘tirmaydi. Tizimga istalgan joydan yoki mobil telefonlaridan kirib, elektron raqamli imzo orqali tasdiqlaydi. Natijada boshliqni imzosiga xodimlar ham boshqa ishlar ham qarab qolmaydi. Bu vaqtning tejalishi va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Bo‘lib o‘tgan o‘quv soatida Edo.ijro.uz elektron hujjat aylanish tizimida yaratilgan yangiliklar va qulayliklarning barchasi atroflicha tushuntirib o‘tildi.

Faylni tanlang