EMMM yangiliklari

Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish tizimini barpo etish, korrupsion holatlarni oldini olish va unga sharoit yaratib berishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish, shuningdek, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan butunlay toqatsizlik kayfiyatini shakllantirish borasida bir qator keng qamrovli tashkiliy, profilaktik va nazorat tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “– Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir”

Joriy yilning 28-aprel kuni Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan Korrupsiya balosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Navoiy viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashi bo‘limi boshlig‘i mayor Sayfullayev Qandiyor Qalandar o‘g‘li ishtirok etdi.

photo2025-04-3015-51-24.jpg

Mutaxassis tomonidan xodimlarga Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini olib borish tartibi, tergovga qadar tekshiruv ishlari, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirilishi, korrupsiya turlari va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil qilish, tegishli davlat organlariga zaruriy axborotni taqdim etish hamda aholi o‘rtasida huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshish hamda muvofiqlashtirish to‘g‘risida tushuncha va ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 03-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son Qarori haqida to‘xtalib, xodimlarga ushbu hujjatlarning mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

photo2025-04-3015-51-42.jpg

Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 

Davra suhbati xodimlarda korrupsiyaga immunitetni hosil qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

 

Tayyorladi: Navoiy viloyati  EMMX 2-toifali muhandis M.Jumayev

Faylni tanlang