EMMM yangiliklari

Navoiy viloyati EMMXda radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 26-noyabr kuni Navoiy viloyati EMMXda radioelektron vositalardan (REV) foydalanuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-amaliy seminari gibrid rejimida o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi radiochastota spektridan foydalanis sohasida me’yoriy hujjatlar talablari bo‘yicha tashkilot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, shuningdek, amaliy jarayonda uchraydigan masalalar yuzasidan tushuntirish berishdan iborat bo‘ldi.

photo2025-11-2816-50-11.jpg

photo2025-11-2816-50-16.jpg

Seminarda xizmat muhandislari J.Xo‘jayev va J.Karimovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi 725-I-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish” to‘g‘risidagi 801-sonli qarorining haqida ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 801-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlar va Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda “EMMM” DUK tomonidan tashkil etilgan yangi xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi hududida quruqlikdagi harakatdagi radioaloqaning radioelektron vositalardan foydalanish tartibini soddalashtirish haqida” 2022-yil 23-fevraldagi 686-son, “Turg‘un xizmat radioradioelektron vositalardan foydalanishni tartibini soddalashtirish haqida”gi 2020-yil 19-oktabrdagi 610-son hamda “Ma’lumotlarni uzarish tarmog‘i radioelektron vositalardan foydalanish tartibini soddalashtirish haqida” 2020-yil 29-oktabrdagi 612-son Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi qarorlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuncha berildi.

photo2025-11-2816-50-21.jpg

O‘quv seminari yakunida seminar ishtirokchilari tomonidan sohaga oid qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi. 

 

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Xo‘jayev J.A

Faylni tanlang