Navoiy viloyati EMMX xodimlari, Navoiy shahar IIB HPB profilaktika inspektori hamda “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasining Navoiy viloyati hududiy shu’basi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining 3-ilovasiga asosan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq 2026-yil mobaynida hamkorlikda ishlarni tashkil etish chora-tadbirlar rejasiga asosan radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 26-iyun kuni Navoiy shahar hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan monitoring tadbirlari natijasida Navoiy shahar Hayot MFY hududidagi qurulish obyektida ish olib borayotgan fuqaro tomonidan ja’mi 5 (besh) dona BAOFENG BF-888S rusumli radioelektron vositalaridan tegishli ruxsatnomasiz foydalanish holati aniqlandi.

Navoiy shahar IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.
Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar xizmat muhandislari tomonidan texnik ekspertizadan oʻtkazildi hamda texnik ekspertiza xulosalari va radioelektron vositalar Navoiy shahar IIBga taqdim etildi.
Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 1-toifali muhandisi M.N. Jumayev