"EMMM" DUK yangiliklari

Noqonuniy ravishda foydalanib kelingan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil davomida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan viloyat hududida radiomonitoring tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

photo2025-11-1317-24-37.jpg

2025-yil oktyabr oyida o‘tkazilgan navbatdagi radiomonitoring tadbirlari davomida Buxoro viloyatida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari hamda ovqatlanish maskanlari hududida qo‘lda olib yuriluvchi radiostansiyalardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Buxoro viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasining shahar va tuman bo‘linmalari tomonidan vaqtincha olib qo‘yilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi. Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga berilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari tegishli iqoralarga yuborildi.

Aniqlangan holatlarni bartaraf etish maqsadida tegishli hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy shu‘basiga yuborildi.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

Faylni tanlang