EMMM yangiliklari

NOW4WRC27

photo2025-04-2314-22-30.jpg

Butunjahon radioaloqa konferensiyasi manfaatlari yo‘lida ayollar tarmog‘i (NOW4WRC) gender tengligini rag‘batlantirish va XEI Radioaloqa sektorida (XEI-R) ayollarning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan tashabbusdir.

Ushbu tashabbusning bir qismi murabbiylik dasturi bo‘lib, uning maqsadi radioaloqa reglamenti, XEI-R tadqiqot komissiyalarining ish uslublari va BRK-27 ga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha xalqaro jarayonlar haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish orqali ayol delegatlarning imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

NOW4WRC27 da murabbiylar uchun imtiyozlar:

Gender muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashish;

Liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish;

Professional tarmoqni kengaytirish;

Yangi istiqbol va bilimlarni egallashdir.

NOW4WRC27 homiylik ostidagilar uchun imtiyozlar:

Soha ekspertizasi  bilan tanishish;

Liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish;

O‘zga ishonch va kasbiy rivojlanish;

Professional tarmoq va martaba imkoniyatlarini kengaytirishdir.

1. Ro‘yxatdan o‘tish: Murabbiylik dasturida ishtirok etish uchun 2025-yil 30-aprelgacha https://www.itu.int/ rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirish lozim.

2. Ro‘yxatdan o‘tish shakllaridan eng mos keladigan mezonlar, jumladan, qiziqishlari, tili, mintaqaviy afzalliklari va bitta murabbiyga to‘g‘ri keladigan ishtirokchilarning maksimal soni asosida murabbiylar bilan taqqoslanadi.

3. Dastur BRK-27 gacha davom etadi va XEI-R tadbirlari davomida tajriba va g‘oyalar almashish imkonini beradi.

photo2025-04-2314-22-36.jpg

photo2025-04-2314-22-42.jpg

Tayyorladi: TVREB 2-toifali muhandisi Ishmatova Laylo.

Faylni tanlang