"EMMM" DUK yangiliklari

Ona tilim — g‘ururim, faxrim

Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi. U inson kamolotida betakror o‘rin tutadi. Inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog‘liq. O‘zbek tili bugungi kungacha ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyot yo‘lini mardonavor bosib kelmoqda.

Til – millat ko‘zgusi, taqdiri, manfaati, davlatchilik ramzidir. Uni himoya qilish, asrab-avaylash, sayqallashtirish, barqarorlashtirish shu mamlakat har bir fuqarosi, shu millat vakillarining insoniy vazifasi, ma’naviy burchidir. Butun dunyo tillari ichra o‘zbek tili o‘zining serma’no qirralari, adabiy qonuniyatlari bilan alohida viqor va joziba kasb etib, ilmu donish ahlini, ma’rifat peshvolarini maftun etib keladi. Bu barchamizga iftixor bag‘ishlaydi. Mamlakatimizda ona tilimiz ravnaqiga ham alohida e’tibor qaratildi, yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Xulosa qilib aytganda, ona tili millatning ruhi, borligimiz va birligimiz, davlat timsoli ekanini e’tiborga olgan holda, uni asrash va rivojlantirish har bir fuqaroning insoniy burchi hisoblanadi.

Buxoro viloyati

EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang