EMMM yangiliklari

O‘quv mashg‘uloti

2025-yil 29-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va hisobga olish xizmati xodimlari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

photo2025-07-3117-35-19.jpg

Mazkur o‘quv mashg‘uloti Monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha yetakchi mutaxassis V.Guseinov tomonidan olib borildi. Tadbir doirasida ishtirokchilarga “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

photo2025-07-3117-35-23.jpg

O‘quv mashg‘ulotida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

➡️O‘zbekiston Respublikasining  2023-yil 3-iyuldagi  “Raqobat to‘g‘risida” gi O‘RQ-850-son Qonuni;

➡️O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi  “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonuni;

➡️O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama to‘g‘risida” gi O‘RQ-776-son Qonuni;

➡️O‘zbekiston Respublikasining Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va tahlil natijalari;

➡️Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik;

➡️Javobgarlik choralari va ularni qo‘llash tartibi;

➡️Soha xodimlari uchun dolzarb bo‘lgan ma'muriy kodeks moddalarning tahlili;

➡️Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 178-moddasiga binoan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi borasida aniq batafsil ma’lumotlar berildi.

photo2025-07-3117-35-27.jpg

Shuningdek, 

-raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning RChS xizmatlariga arizalarini ko‘rib chiqishda va yozma murojaatlarni o‘rganishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish xavfini hisobga olgan holda ichki me'yoriy hujjatlar, reglamentlarga qat’iy rioya qilish va rasmiy faoliyatning barcha bosqichlarida yuklangan lavozim majburiyatlarini sifatli bajarish; 

photo2025-07-3117-35-32.jpg

-Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz  iste’molchilarining arizalarini ko‘rib chiqish jarayonida   Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), radioelektron qurilmalardan foydalanishga ruxsatnoma olish belgilangan tartibda sifatli va o‘z vaqtida o‘rganib  rasmiylashtirishni ta’minlash;

-iste’molchilarning arizalarini ko‘rib chiqish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish muddatlari buzilishiga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan noma'lum shakldagi qo‘shimcha hujjatlarning asossiz  olinishiga yo‘l qo‘yilmasligi; 

Xizmat xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etilishi va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun shaxsan javobgarliklari haqida batafsil tushuntirildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda batafsil javoblar olishdi. Bunday o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ish jarayonida qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilishga yordam beradi.

photo2025-07-3117-35-42.jpg

photo2025-07-3117-35-48.jpg

photo2025-07-3117-35-54.jpg

Faylni tanlang