EMMM yangiliklari

O‘quv soati

Joriy yilning 3-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida, Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi 1-darajali muhandisi B.Abdurahmanov tomonidan “Zamonaviy mobil aloqa texnologiyalari“ mavzusi batafsil yoritildi.

wegh1000x666.jpg

rtyusdb1000x666.jpg

Mobil texnologiyalar uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi – birinchi analog tarmoqlardan tortib, zamonaviy 5G va istiqbolli 6G standartlarigacha. Ushbu texnologiyalarning rivojlanishi jamiyat, biznes va shahar infratuzilmasiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Mobil aloqa tarixi bir nechta avlodlarga bo‘linadi:

    • 1G (1970-1980-yillar) – faqat ovozli aloqani ta’minlovchi analog tarmoqlar.

    • 2G (1990-yillar) – raqamli texnologiyalarga o‘tish, SMS va asosiy internet xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash.

    • 3G (2000-yillar) – keng polosali mobil internet, videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘lishi.

    • 4G (2010-yillar) – yuqori tezlikdagi ma’lumot uzatish, video translyatsiyalar va bulutli xizmatlarning rivojlanishi.

    • 5G (2020-yillar) – ultra yuqori tezlik, minimal kechikish, IoT va yangi raqamli xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash.

Beshinchi avlod tarmoqlari quyidagi muhim afzalliklarni ta’minlaydi:

    • Ma’lumot uzatish tezligi – 20 Gbit/s gacha, bu esa kontent yuklashni sezilarli darajada tezlashtiradi.

    • Kechikishning qisqarishi – 1 ms dan kam, bu avtonom transport va tibbiyot texnologiyalari uchun muhim.

    • Ko‘p sonli qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash – 5G har kvadrat kilometrda millionlab gadjetlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

    • Yangi biznes modellar – virtual haqiqat, aqlli shaharlar, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi.

Zamonaviy mobil tarmoqlar tarmoq funksiyalarini virtualizatsiya qilish (NFV) va dasturiy ta’minot orqali boshqariladigan tarmoqlar (SDN) kabi texnologiyalardan foydalanadi. Bu esa aloqa resurslarini yanada moslashuvchan boshqarish imkonini beradi. Ushbu texnologiyalar infratuzilma xarajatlarini kamaytiradi va tarmoqlarning samaradorligini oshiradi.

Hozircha 6G standarti ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, uning 30 GGs dan 3 THz gacha bo‘lgan chastotalardan foydalanishi taxmin qilinmoqda. Asosiy xususiyatlar:

• Ma’lumot uzatish tezligi – 1 Tbit/s gacha, bu esa katta hajmdagi ma’lumotlarni bir zumda yuklab olish imkonini beradi.

• Minimal kechikish – taxminan 0,1 ms, bu deyarli darhol javob berish imkonini beradi.

• Energiya samaradorligi – qurilmalar va tayanch stansiyalarining energiya iste’moli pasayadi.

 

Mobil texnologiyalar jadal rivojlanib, kundalik hayotimizni o‘zgartirmoqda. 5G tarmoqlari allaqachon biznes va jamiyat uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda, 6G esa tezlik, aloqa sifati va qulaylik nuqtai nazaridan inqilobiy o‘zgarishlarni va’da qilmoqda. Yaqin yillarda biz ushbu sohadagi yangi yutuqlarning guvohi bo‘lamiz.

Faylni tanlang