Joriy yilning 8-avgust kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.
O‘quv soatida, Bosh komplaens nazorat inspektori T.Islamov tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlari berildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi B. Raxmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ushbu Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi;
qonuniylik;
adolatlilik;
xalqqa xizmat qilish;
davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
xolislik, professionallik va kompetentlik;
davlat fuqarolik xizmatiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.