Joriy yilning 15-avgust kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.
O‘quv soatida, Xorazm viloyati EMMX muhandisi M. Kadirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Energiya tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning o‘sishi, xususan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi hamda aholi soni ortib borishi bilan energiya resurslariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bunday holatda barcha iste’molchilarning energiya resurslariga bo‘lgan talabini qondirish ˗ mavjud energiya resurslaridan tejab, samarali foydalanish, energiya samaradorligini oshirish orqali tashkil etish maqsadida 2024-yil 9-iyul kuni “Energiya tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan, qonun 11 ta bob 55 ta moddadan iborat.
Energiya samaradorligini oshirishga doir standartlarni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakolatli organ hisoblanib, boshqa ma’sul vazirlik va idoralar bilan birgalikda energiya tejovchi texnologiyalar va asbob-uskunlarga doir talablarni belgilovchi milliy standartlarni ishlab chiqadi.
Shuningdek, Ma’muriy-xo‘jalik xizmati ma'mur brigadiri O. Kariyev tomonidan “EMMM” DUKning qo‘riqlash, o‘tkazish tizimi va markaziy apparatining ichki ish rejimini tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.