"EMMM" DUK yangiliklari

O‘QUV SOATI

Joriy yilning 14-mart kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

sdfgsdfg.jpg

O‘quv soatida, Navoiy viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-aprel 2014-yildagi “Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qo‘riqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat ko‘rsatishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida“gi 92-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:

nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar subyekti — qonunchilikda belgilangan tartibda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish, qayta uzatish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatli organning litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;

nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti — nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar subyektining ma’muriy va texnik maqsaddagi obyekti (binolari, inshootlari va alohida xonalari);

kirish cheklangan bino — nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining teleradio uzatuvchi apparatlar, kabel televideniye studiyasi joylashgan, shuningdek tele- va radio dasturlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan tele-, radio dasturlar, efirga chiqish studiyalari, ovoz yozish va video yozuvlar studiyalari shakllantiriladigan xonasi;

efirga chiqish studiyasi — yozuvlarni amalga oshirish va tele- va radio dasturlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatish uchun texnik xona;

ovoz yozish va video yozuvlar studiyasi — teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar uchun ovoz yozish va video yozuvlarni amalga oshirish uchun texnik xona;

kabel televideniye studiyasi — erkin ko‘rib bo‘lmaydigan, faqat kabel televizion kanallardan foydalangan holda muayyan hududda tele-, radio dasturlar va elektr aloqasining boshqa xabarlari shakllantiriladigan va tarqatiladigan bino.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Raimdjanov tomonidan  “O‘zbekiston-2030“ Strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili“da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi, unda beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi batafsil bayon etilgan:

    1. Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi;

    2. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;

    3. Suv resurslarini tejash va atrof –muhitni muhofaza qilish;

    4. Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

    5. “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatini izchil davom ettirish.

Amaliy tadbirlar rejasini o‘z vaqtida ijro etilishi keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga, xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarishga, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirishga, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashga yordam beradi.  

 

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari

bilan aloqalar mutaxassisi N.Obidova

Faylni tanlang