"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv soati

Joriy yilning 11-yanvar kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida, Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.S.Raimdjanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-maydagi 208-son Qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

dfbdfb1000x666.jpg

Mazkur Qaror yuzasidan o‘quv soati tinglovchilariga quyidagi ma’lumotlar taqdim etildi: xodimlarning malakasini oshirish tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha turdagi ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv dasturlari asosida amalga oshirilishi, xodimlarni malaka oshirish kursida o‘qitishning eng kam muddati 24 soatni tashkil etilishi; malaka oshirish kursini yakunlagan xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligi ishchi organ tomonidan ikki oy muddatda reyting baholanish; xodimlarning malakasini oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi; ishchi organ reyting baholashdan o‘tkazish jarayonini zamonaviy uslubda baholash tizimlari va infratuzilmasiga ega tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirishi mumkinligi; reyting baholash jarayonlarini tashkiliy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy baholash vositalariga ega tashkilotlar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda 2023-yil 1-avgustdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida grafik asosida davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitilishini tashkil etilishi haqida ma’lumotlar berildi.

fbdfbghmghm936x699.jpg

Shuningdek, o‘quv soati davomida Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati 1-toifali muhandisi T.R.Valiyev tomonidan TSME skaner va ROMES4 dasturiy ta’minotining o‘quv qo‘llanmasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

werwer1000x666.jpg

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari

bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang