"EMMM" DUK yangiliklari

O‘QUV SOATI

Joriy yilning 22-fevral kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

bfjkjlhr1029x753.jpg

O‘quv soatida, Bosh huquqiy maslahatchi U.Sangirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iboratdir.

rnhfvmcngxfdg1000x598.jpg

Ushbu Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonunchilik hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.

wertymujdfsdh1000x666.jpg

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.

Faylni tanlang