"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbek tili - Davlat tili

2025-yil 3-noyabr kuni Fargʻona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Davlat tili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu davra suhbatida Fargʻona Davlat universiteti  Filologiya fanlari doktori, dotsent X.X.Dusmatov, doktor  O.X.Barziyev, A.M.Rasulova, M.M.Burxanova, M.M.Xomidov  hamda Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

photo2025-11-0315-05-42.jpg

photo2025-11-0315-05-48.jpg

Tilni sevish va e’zozlash – bu millatni sevish va uni qadrlash bilan barobardir. Har bir xalqning turmush tarzi, urf – odatlari, qadriyatlari hamda madaniyati, avvalo, uning tilida o‘z ifodasini topadi. “Til – millat ko‘zgusi”, deb bejiz aytilmagan. Zero, xalqimizning boy va qadimiy madaniyati ham o‘zbek tili – ona tilimizning ta’siri ostida shakllangan. Shuning uchun ham til millat ma’naviyatining muqaddas ko‘zgusi hisoblanadi-deya ta’kidladi filologiya fanlari doktori, dotsent X.X.Dusmatov.

photo2025-11-0315-05-53.jpg

Tadbirning asosiy maqsadi – davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashdan iborat edi.

 

Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX  muhandisi S.Sh.Muydinov

Faylni tanlang