"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib DAB+ radioeshittirishni yo‘lga qo‘ydi

2017-yil 17-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan  chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 502-son qarori qabul qilindi, unga ko‘ra, yer usti analog televideniye Toshkent shahrida 2018-yil 15-iyulda va butun Oʻzbekiston hududida 2018-yil 5-dekabrdan boshlab oʻchirib qoʻyildi. O‘zbekiston Respublikasida analog televideniyeni o‘chirilganidan so‘ng DAB+ raqamli eshittirish standarti uchun 174-230 MGts diapazonida radiochastota diapazonini ajratish maqsadga muvofiq edi.

O‘zbekiston Respublikasida raqamli radioeshittirish rivojlanishi:

    • 174-230 MHz chastota diapazonida DAB+ standartida raqamli radioeshittirish tajriba sinovlari olib borilmoqda;

    • 2021 – yilda O‘zbekiston Respublikasida raqamli radioeshittirish davri boshlandi;

    • Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 25-fevraldagi 687-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida 207,296-208,832 MHz radiochastota polosasida DAB+ standartida sinov maqsadida foydalanishga ruxsat etildi;

    • Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 12-avgustdagi 704-son qaroriga muvofiq Cho‘pon-ota RTSda 207,296-208,832 MHz radiochastota polosasida DAB+ standartida sinov maqsadida foydalanishga ruxsat etildi;

    • DAB+ standarti orqali bitta uzatgichdan 16 ta radiokanallar (“O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “O‘zbekiston 24”, “Oriat dono”, “Oriat FM”, “Vodiy sadosi”, “Poytaxt” (o‘zbek va rus tillarida), “Grand”, “Yoshlar ovozi”, “Maksima”, “Hamroh”, “Navro‘z”, “Nostalgiya”, “O‘zbegim taronasi”) test rejimida efirga uzatilib kelmoqda.

Tayyorladi: TVREB II-toifali muhandisi Ishmatova Laylo.

Faylni tanlang