Rahbariyat

Mansurov Rustam Pulatovich

Mansurov Rustam Pulatovich

Boshliq

Qabul kunlari: haftaning ish kunlari (dushanba- juma) 9:00 dan 11:00gacha


Majburiyatlari

  • korxonaning yakka boshqaruvchisi hisoblanadi va oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar ijrosini tashkillashtiradi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
  • ishonchnomasiz korxona nomidan ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, belgilangan tartibda korxona nomidan bitimlarni amalga oshiradi;                    
  • o‘rinbosarlar vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida ish vazifalarini taqsimlaydi, bevosita korxona tarkibiy bo‘linmalar ishini boshqaradi, hududiy bo‘linmalar boshliqlari vakolatlarini, faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, tarkibiy bo‘linmalar boshliqlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
  • xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, o‘zgartirishlar kiritadi va bekor qiladi;
  • “EMMM” DUK faoliyatiga oid buyruq va farmoyishlarni imzolaydi, ko‘rsatmalar beradi va ichki normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma beradi;
  • radiochastota spektridan foydalanishda yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlaydi;
  • zamonaviy talablarni hisobga olgan holda korxonada kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini boshqaradi;
  • xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, korxonaning aynan faol xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlanadiganlarga hujjatlarni imzolaydi;
  • kadrlar shtat jadvalini tasdiqlaydi, zarur hollarda korxona tuzilmasini o‘zgartiradi;
  • korxona bo‘yicha belgilangan statistik hisobotlarni prognoz qilish va biznes-rejalarni tuzish, yig‘ish va tahlil qilish va umumlashtirish ishlarini boshqaradi;
  • tarif siyosatini amalga oshirish, shuningdek xizmatlarga tariflarni ishlab chiqish va tasdiqlashni boshqaradi;
  • korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqaradi, moliyaviy siyosatni belgilaydi va nazorat ishlarini amalga oshiradi;
  • radiomonitoring tizimini rejalashtirish, qurish va modernizatsiya qilishni boshqaradi;
  • korxona nomidan radiochastota bo‘yicha Respublika kengashida vakillik qiladi;
  • Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik, Xalqaro elektroaloqa ittifoqi, boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalar, firmalar, banklar va boshqa korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini boshqaradi;
  • maxsus ishlarni yuritishda rahbarlik qiladi;
  • fuqaro muhofazasi tadbirlarini ishlab chiqishni va fuqaro muhofazasi shtablari bilan o‘zaro hamkorlikda ularni amalga oshirishni boshqaradi;
  • safarbarlik ishlari masalalariga rahbarlik qiladi;
  • mehnat muhofazasi va texnik-xavfsizlik talablariga rioya qilishni boshqaradi;
  • korxonaning joriy faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlashni boshqaradi, yuridik xizmatni boshqaradi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
  • korxonaga yuklatilgan vazifalarni tashkil etishga masʼuldir.

 

Заместители начальника

Kadirov Anvar Abdugapurovich

Boshliqning birinchi o‘rinbosari

Adilov Rustam Sakievich

Boshliq o‘rinbosari

Faylni tanlang