"EMMM" DUK yangiliklari

Axborot xavfsizligi siyosati

2024-yil 22-yanvar kuni Xorazm viloyati EMMX xodimlariga Muhammad
Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining axborot xavfsizligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Turdiyev Temur Taxirovich va amaliyotchi o‘qituvchisi Xayitbayev Azizbek Pirnazarovichlar ishtirokida korxonalarda axborot xavfsizligini ta’minlashda bajarilishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar to‘g‘risida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida axborotni himoyalash bugungi kunda har bir korxonaning dolzarb masalasi hisoblanishi haqida ma’lumotlar taqdim qilindi. Axborot xavfsizligi hodisalari tufayli keladigan zarar tashkilot taqdiriga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ta’kidlaganimizdek, tashkilotda axborot xavfsizligini ta’minlashni samarali tashkil etish vositalaridan biri bu axborot xavfsizligi siyosatini joriy etishdir.

Axborot xavfsizligi siyosati – bu korxona yoki tashkilot xodimlari axborot resurslarini himoya qilish uchun kundalik amaliyotida amal qiladigan chora-tadbirlar, qoidalar va tamoyillar to‘plami.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, axborot xavfsizligi bugungi kunda respublikamizning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim elementi darajasiga ko‘tarilmoqda. Axborot xavfsizligi madaniyatini mamlakatning tijorat tashkilotlari va davlat tuzilmalari faoliyatining barcha sohalariga chuqur singdirmasdan bozor ishtirokchilarining elektron hamkorligini kengaytirish va yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish mumkin emas. Tashkilotlarda axborot xavfsizligi madaniyatini oshirishning eng samarali vositasi bo‘lgan axborot xavfsizligi siyosati zamonaviy sharoitda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, yurtimizda iqtisodiy faoliyat va davlat boshqaruvi jarayonlarining raqamlashtirilishi kuchayishi bilan axborot xavfsizligi siyosatining roli tobora oshib bormoqda.

 

 

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi H.Matyusupov

Faylni tanlang