Hozirgi kunda mobil aloqa xizmatlariga bo‘lgan talabning hamda ushbu xizmatlar foydalanuvchilari sonining oshishi mobil aloqa xizmatlari qamrovi holatini yanada ko‘proq o‘rganishni va tahlil qilishni talab etmoqda.
Ushbu ishlarni kengroq amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2024-yil 30-noyabrdagi 199-son majlisi bayoni hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 3-yanvardagi 28-8/20-son topshiriq xatiga muvofiq, joriy yilning yanvar oyi davomida Samarqand viloyatining tumanlaridagi mahallalar hududlarida mobil aloqa va Internet xizmatlari qamrovini o‘lchash ishlari amalga oshirildi.