"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMXda “Obodonlashtirish tadbirlari” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023‑yil 21‑iyuldagi 459‑F‑sonli farmoyishi  ijrosini ta’minlash maqsadida 2023‑yil 30‑iyuldan 30‑avgustgacha yurtimiz bo‘ylab “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 12‑avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida “Obodonlashtirish oyligi” doirasida xashar o‘tkazildi. 

O‘nga ko‘ra, Nukus shahri Pushkin ko‘chasi, Radionazorat punkt joylashgan 45-uy oldida 800 kv.metr maydonda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Daraxtlarga shakl berilib, yovvoyi cho‘plar chopildi, ariqlar chiqindilardan tozalandi va  bolalar maydonchasi tartibga keltirildi. Yig‘ilgan chiqindilar Nukus shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan joylarga olib chiqildi.

Mazkur “Obodonlashtirish oyligi” tadbirida xizmatimiz xodimlari faol qatnashdi.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1‑darajali muhandisi Dlekeev M.O

Faylni tanlang