Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ishlarni kuchaytirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandislari M.Dlekeev va N.Narimovlar tomonidan 2024-yil mobaynida hamkorlikda ishlar rejasiga muvofiq joriy yilning 30-sentabr kuni Nukus tumani IIB shaxsiy tarkibiga o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv seminarga Nukus tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik S.K.Qallibekov raislik qildi.
Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22‑dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishtirildi.
Ushbu Nizomga muvofiq REV va YuChQlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha olib boriladigan hamkorlikdagi tadbirlarda tumandagi IIB jamoat xavfsizlik xizmati profilaktika inspektorlari qatnashishlari to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Undan tashqari noqonuniy ishlayotgan REVlar aniqlangan vaziyatlarda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi M.О.Dlekeev