"EMMM" DUK yangiliklari

Radiochastota spektri va sunʼiy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha АSHH komissiyasining 25-yig‘ilishi

2024-yilning 11-15 mart kunlari Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida “Radiochastota spektri va sunʼiy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish” bo‘yicha АSHH komissiyasining (RChSva YO bo‘yicha ASHH komissiyasi) 

25-yig‘ilishi, shuningdek, uning (Radioaloqa assambleyasi (RА) va Butunjahon radioaloqa konferentsiyasi (BRK)ga tayyorgarlik bo‘yicha Ishchi guruh, Radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha ishchi guruhi, Radioeshittirish bo‘yicha ishchi guruhi va АSHH Аloqa ma’muriyati 470-694 MHz chastota diapazonida “Jeneva-06” raqamli yer usti televizion eshittirish rejasiga qo‘shimcha kanallar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish loyiha guruhining birgalikdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish RChS va YO bo‘yicha ASHH qo‘mitasi raisi Butenko Valeriy Vladimirovich tomonidan ochib berildi. Tabrik so‘zi bilan, Armaniston Respublikasi Yuqori texnologiyalari sanoati vaziri o‘rinbosari Pogosyan Avet Vilyamovich, ASHHning Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Borodin Aleksey Sergeyevich, XEI radioaloqa byurosining harakatdagi va turg‘un xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i Bogens Karlis Karlovichlar va yo‘ldoshli aloqa departamenti boshlig‘i Kadirov Timur Danilovich yig‘ilish ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar.

Yig‘ilishda, Аrmaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyatlarining 80 dan ortiq vakillari, shuningdek АSHH Ijroiya qo‘mitasi vakillari va bir qancha xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

ASHH Komissiyasi va uning Ishchi guruhlari yigʻilishlari doirasida radioaloqa yo‘nalishidagi dolzarb masalalarini, ASHH mamlakatlarida raqamli yer usti televizion eshittirishning rivojlanish holati, Xalqaro bitim hisoblangan Radioaloqa Reglamentiga ilg‘or texnologiyalarini amaldagi texnologiyalarga halaqit bermagan holda turli xil shartlar bilan radiochastota polosasini ajratish uchun BRK-27ning

30ga yaqin kun tartibidagi masalalar boʻyicha, ASHH a’zo davlatlarning BRK-27ga taklif etilayotgan hissalarini, murakkab relyefli joylarda chegaradosh davlatlar chastotalarini muvofiqlashtirish, ASHH Aloqa ma’muriyatlarida joriy etilayotgan va rejalashtirilayotgan IMT tizimlari haqida va shunga o‘xshash 20ga yaqin muhim masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston Respublikasidan mazkur tadbirlarda Raqamli texnologiyalar vazirligi, “EMMM” DUK, “UNICON.UZ” MChJ, “O‘zTTBRM” DUK mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

 

 

TvaYAB 1-toifali muhandisi, Tadjimatov R.M.

TvaRE bo‘limi boshlig‘i, Rozikulova N.P.

Faylni tanlang