Joriy yilning 30-sentabridan 3-oktabrigacha ASMHning Radiochastota spektri va sunʼiy yoʻldosh orbitalarini tartibga solish komissiyasi va uning ishchi organlarining 28-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vazirligi taklifiga binoan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Nevskaya ratusha” maʼmuriy-ishbilarmonlik majmuasida ASMHning Radiochastota spektri va sunʼiy yoʻldosh orbitalarini tartibga solish boʻyicha komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Komissiya ishi gibrid formatda olib borildi. Yigʻilishda ASMHga aʼzo davlatlarning milliy delegatsiyalaridan iborat aloqa maʼmuriyatlari, masʼul idoralar va ixtisoslashtirilgan tashkilot vakillari, shuningdek, Komissiyaning bir qancha kuzatuvchi tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda boshqa mintaqaviy telekommunikatsiya tashkilotlari va sohaga oid xalqaro tashkilot vakillari ham ishtirok etdi. Bular:
• Osiyo-Tinch okeani telehamjamiyati (APT),
• Yevropa pochta va telekommunikatsiya ma'muriyatlari konferensiyasi (CEPT),
• Amerikalararo Telekommunikatsiya Komissiyasi (CITEL),
• Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO).
Uchrashuvda quyidagi masalalarga e'tibor qaratildi:
• 2027 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi va radioaloqa assambleyasiga tayyorgarlik;
• Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida past orbitali kosmik aloqa tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
• 2023 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi qarorlarini milliy miqyosda ASMHga a'zo davlatlarda amalga oshirish;
• XEI Radioaloqa sektori ishchi organlari yig'ilishlarining asosiy natijalari.