"EMMM" DUK yangiliklari

Radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Andijon viloyati Raqamli texnologiyalar shoʻbasi hamda Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy shoʻbasi bilan hamkorlikda joriy yilning 9 oyi davomida Radioelektron vositalarni noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishni aniqlash bo‘yicha 74 ta reydlar o‘tkazilgan.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazish davomida 116 ta qurilmalardan, jumladan 93 ta Baofeng BF-888S, 5 ta Grifon G34, 2 ta Kenwood, 2 ta iCom rusumli radioaloqa vositasi (ratsiya). 9 ta GSM repiter/retranslyator , 4 ta GNSS AF302 GPS qurilmasi (Avtomatik boshqaruv tizimi) va 1 ta GNS GPS South Galaxy 1 geodezik qrulmalaridan noqonuniy ravishda foydalanayotganligi aniqlangan.

 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq,  Elektromagnit moslashuv markaziga radioelektron vositalar yordamida radiochastota spektridan fuqarolik maqsadlarida foydalanishni tartibga solish – radiochastotalar va radioelektron vositalarni hisobga olish, taqsimlash va nazorat qilishning  vazifalari yuklatilgan.

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi U.B. Shodmonov

Faylni tanlang