"EMMM" DUK yangiliklari

Radiohavaskorlarga ruxsatnomalar topshirildi

2023-yil 20-dekabr kuni mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati texnik va amaliy sport turlari markazida radiohavaskorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Namangan viloyatining shahar va tumanlaridan ja’mi 30 nafar radiohavaskorlar ishtirok etdilar. Yig‘ilish avvalida, viloyatning barcha radiohavaskorlariga Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2021-yil 3-martdagi 638-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida radiohavaskorlik radiostansiyalaridan foydalanishning texnik shartlari haqida”gi qarori o‘qib eshittirildi. 

dfhfghfgjh1000x562.jpg

Yig‘ilish davomida radiohavaskorlarning 2023-yil mobaynidagi faoliyatlari atroflicha o‘rganib chiqilib, tahlil etildi. 

Ushbu radiohavaskorlik sport turiga yoshlarni qiziqtirish, maktablarda ko‘rgazmali qurollar burchagini tashkil etgan holda o‘quvchilarni jalb etish masalalari muhokama etildi.

Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan hududiy bo‘linmasi va Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati bilan hamkorlikdagi chora-tadbirlar natijasida o‘rta va qisqa to‘lqin diapazonlarida radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanishlar soni keskin kamayganini alohida ta’kidlash joiz.

dfggfhfjh1000x564.jpg

Uchrashuv so‘ngida radiohavaskorlarga, havaskorlik radiostansiyalaridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnomalar topshirildi.

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi F.Jurinov

Faylni tanlang