"EMMM" DUK yangiliklari

Radioxalaqit sodir etayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytiruvchi retranslyator qurilmasi faoliyatiga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati hududida faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga radioxlaqitlarni bartarf etish yuzasidan kelib tushgan buyurtmalariga asosan Buxoro viloyati hududida radiomonitoring tadbirlari amalga oshirildi. O‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Buxoro viloyati hududidagi tashkilotlar va fuqarolar tomonidan foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari mobil aloqa tayanch stansiyalariga salbiy radioxalaqitlar sodir etayotganligi aniqlandi. Sodir bo‘layotgan salbiy radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari egalariga ogohlantirish xatlari berildi va ulardan foydalanish man qilindi. 

Joriy yilning 14-may kuni O‘zkomnazorat inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy sho‘basi, Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Buxoro viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda G‘ijduvon tumani hududida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlash maqsadida Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida radiomonitoring tadbirlari olib borildi. Radiomonitoring tadbiri davomida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytiruvchi retranslyator(repeater) qurilmasi mobil aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari ishlashiga radioxalaqit berayotganligi aniqlandi va faoliyatiga chek qo‘yildi.

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga muvofiq texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish qat’iyan man qilinadi.

Retranslyator qurilmalaridan foydalanuvchilar o‘zlari tomonidan foydalanilayotgan qurilmalardan, mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga radioxalaqit hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida barcha zarur bo‘lgan tashkiliy-texnik choralarni ko‘rishlari kerak.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang