"EMMM" DUK yangiliklari

Radioxalaqitlar bartaraf etildi

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga muvofiq texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan hamda Farg‘ona viloyati hududida faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga radioxlaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan buyurtmalariga asosan joriy yilning 28-may kuni  Farg‘ona  shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy sho‘basi hamda Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar hududi va O‘zbekiston tumani hududida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida quyidagilar aniqlandi:

  Hamkorlikda o‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Farg‘ona viloyati hududida “Farg‘ona Magistral gaz quvurlari boshqarmasi” tashkiloti tomonidan  foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi va O‘zbekiston tumani Qumbosti MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Xamrayev Hasanjon O‘ktamovich tomonidan  foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi mobil aloqa tayanch stansiyalariga radioxalaqitlar sodir etayotganligi aniqlandi. Ushbu radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari egalariga ogohlantirish xatlari berildi va ulardan foydalanish to‘xtatildi. 

 

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sh.I.Sadixanov

Faylni tanlang