Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga muvofiq texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan hamda Farg‘ona viloyati hududida faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga radioxlaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan buyurtmalariga asosan joriy yilning 1-iyul kuni “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy sho‘basi hamda Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar hududida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Hamkorlikda o‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Farg‘ona shahar Ma’rifat-43 ko‘chasi hududida “Oстров сокровищ Трактир” MChJ tomonidan foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi aniqlangan.


“Oстров сокровищ Трактир” MChJ ish yurutuvchisi N. R tomonidan foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi mobil aloqa tayanch stansiyalariga radioxalaqitlar sodir etayotganligi aniqlandi. Ushbu radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari egalariga ogohlantirish xatlari berildi va ulardan foydalanish to‘xtatildi.
Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D. Alimdjanov