Xalqaro koordinasiya jarayonini o‘tkazish uchun, quyidagilarni to‘ldirish lozim:
chegaradosh davlatlar bilan koordinasiyani o‘tkazish uchun ariza;
chegaradosh davlatlar bilan koordinasiyani o‘tkazish uchun arizaga Xalqaro Elektroaloqa Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan, mos keladigan yagona to‘ldirilgan shakllar ilova qilinadi.
Xalqaro koordinasiyani o‘tkazish
Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlshtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori 6-ilovasiga “O‘zbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish to‘g‘risida nizom” muvofiq amalga oshiriladi.
Chastotalarni ChXMR(Chastotalarning xalqaro ma'lumotlar registri)da ro‘yhatdan o‘tkazish uchun, tegishli arizani to‘ldirish lozim.
Chegaradosh davlatlar bilan koordinasiya jarayonini muvaffaqiyatli o‘tgan chastota o‘zlashtirishlari ChXMRda ro‘yhatdan o‘tkazishga yo‘naltiriladi.