"EMMM" DUK yangiliklari

REVlardan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf qilish tadbirlari izchillik bilan davom ettirilmoqda

Jizzax viloyati hududida radiochastotalar bandligini uzluksiz nazorat qilish va ruxsatnoma asosida faoliyat yuritayotgan REV egalariga sifatli elektromagnit moslashuvni ta’minlash maqsadida, Jizzax viloyati EMM xizmati  turg‘un radionazorat punktining 2023-yil noyabr oyi uchun tasdiqlangan ish rejasiga asosan olib borilgan radionazorat tadbirlari vaqtida radiochastotadan noqonuniy foydalangan holatda efirni band qilish holati aniqlandi. 

O‘rnatilgan tartib va normativ hujjatlar talablari bo‘yicha ushbu noqonuniy efirga chiqish holatini tezkorlik bilan o‘rganish maqsadida EMMXga biriktirilgan mobil radionazorat stansiyasi yordamida muhandislar noqonuniy efirga chiqish amalga oshirilgan hudud va REV egasining manzilini aniqlash bo‘yicha tezkor radiomonitoring tadbirini olib bordilar.

photo2023-11-0710-05-55.jpg

Radiomonitoring tadbirlari natijasida noqonuniy efirga chiqish amalga oshirilgan hudud va REV egasining manzili aniqlandi.

photo2023-11-0710-06-13.jpg

Hozirda ushbu noqonuniy faoliyatni bartaraf etish bo‘yicha viloyat huquq-tartibot idoralari bilan mazkur holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘rish bo‘yicha hamkorlikda ishlarni amalga oshirish jarayonlari olib borilmoqda.

 

Tayyorladi: Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi B.Raximov

Faylni tanlang