"EMMM" DUK yangiliklari

Andijon viloyati Elekromagnit moslashuv xizmatiga 2022-yil boshidan hozirgi vaqtga qadar kelib tushgan radioxalaqit manbalarini bartaraf etish bo‘yicha talabnomalar asosida olib borilgan ishlar tavsifi.

2022-yil boshidan hozirgi vaqtgacha Andijon viloyati EMMXga 4 marotaba radioxalaqit manbalarini bartaraf etish bo‘yicha talabnomalar kelib tushdi.

“Unitel” MCHJ “Beeline” aloqa kompaniyasi tomonidan 7100-7200 MGs chastota diapazonida ishlovchi raqamli radio reley liniya stansiyasiga ta’sir qilayotgan radioxalaqit manbalarini bartaraf etish bo‘yicha kelib tushgan talabnoma o‘rganib chiqilib RRRL stansiyalari bir yo‘nalishda joylashganligi uzatish chastota polosasi ikkinchi RRRL stansiyaning qabul qilish chastota polosasiga yaqin chastota polosasi bo‘lganligi sababli, interferensiyani keltirib chiqarayotgani aniqlanib kerakli ko‘rsatmalar asosida bartaraf etildi. Raqamli radio reley liniya stansiyalarini sifatli ishlashi uchun elektromagnit moslashuvi ta‘minlandi.

“Uzmobile” Andijon mintaqaviy filiali bog‘lamasi tomonidan CDMA-450 standartinig 1-sektoriga ta’sir qilayotgan radioxalaqit manbaini bartaraf etish bo‘yicha kelib tushgan talabnoma o‘rganib chiqilib, keltirib chiqarayotgan radioxalaqit manbai aniqlanib kerakli ko‘rsatmalar asosida bartaraf etildi. CDMA-450 standartining sifat darajasida ishlashi uchun elektromagnit moslashuvi ta‘minlandi.


Hozirgi kunda “Unitel” MCHJ aloqa korxonasi tomonidan 14 GGs raqamli radio reley liniya stansiyasiga ta’sir qilayotgan radioxalaqit manbaini bartaraf etish bo‘yicha kelib tushgan talabnoma o‘rganish jarayonida bo‘lib, radiomonitoring tadbirlari olib borilmoqda.

Tayyorladi: Qorachaev N.M.

Faylni tanlang