"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati

Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat nima? Nima uchun ushbu ibora so‘nggi vaqtlarda ko‘p jarang sochmoqda? Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimining ahamiyati nimada?

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga chek qo‘yishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Korrupsiya holatlarini sabab va sharoitlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish muhim vazifalardan bo‘lib qolmoqda.

Bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim vositalardan biri “Korrupsiyaga qarshi kurashishning komplayens nazorat tizimi”ni joriy etgan.

Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasida 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi chora-chora tadbiriga normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish uchun kiritildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimining ahamiyati shundaki, komplayens nazorat orqali ichki nazorat mexanizmlari kuchaytiriladi, qonun buzilishi, huquqbuzarliklarning oldi olinadi, odob-ahloqqa zid hatti-harakatlar yuzasidan xabar berish tartibining aniq mexanizmlari yaratiladi. Shu bilan birga, komplayens nazorat sababli korrupsion xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlarni bartaraf etish va kamaytirish, qolaversa xodimlar tomonidan kasbiy odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya etish masalalari tartibga solinadi.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.A.Turgunova

Faylni tanlang