"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand viloyati EMMX xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash masalalari yo‘nalishida malakasi oshirildi

Joriy yilning 21-22-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan jami 12 soatga mo‘ljallangan “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish” kursi tashkil etildi.

Mazkur kursda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabr kuni qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy nizom hamda yana bir qator tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, qo‘llash sohalari va ushbu hujjatlar asosida ish olib borish tartibi to‘g‘risida kurs qatnashchilariga batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, murojaatlarning shakllari, turlari, murojaatlarni ko‘rib chiqishning asosiy prinsiplari, voyaga yetmagan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid xorijiy davlatlar tajribasi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va joylardagi Xalq qabulxonalarining o‘rni va faoliyat olib borish tartibi, jamoa bo‘lib murojaat qilish huquqi, murojaatlarni monitoring va nazorat qilish asoslari hamda murojaatlarda ko‘tarilayotgan asosiy muammolarning sohalar bo‘yicha statistikasi mavzularida ma’ruzachilar tomonidan kurs ishtirokchilariga o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Kurs davomida xodimlarga murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

O‘quv kursi davomida xodimlarning davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib borishining huquqiy asoslari bo‘yicha malakasi oshirildi.

 

O‘quv kursi yakunida kurs ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tegishli malaka oshirish haqida sertifikatlari taqdim etildi.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi E.A.Mavlonov 

Faylni tanlang