"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand viloyatidagi gidropostlar joylashgan hududlarda mobil aloqa xizmatlarining qamrovini o‘rganish ishlari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining joriy yil 

11-noyabrdagi tegishli topshirig‘i bilan respublikadagi suv omborlarini hamda viloyatlararo gidropostlarni telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashni o‘rganish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi.

Samarqand viloyatidagi hududiy ishchi guruh tarkibiga kiritilgan Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan viloyatdagi transchegaraviy va viloyatlararo gidropostlar joylashgan hududlarda mobil aloqa xizmatlarining qamrovini o‘rganish ishlari tashkil etildi.

photo2025-11-2017-12-57.jpg

photo2025-11-2017-13-04.jpg

Gidropostlar hozirda zamonaviy suv sarfini hisoblash qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lib, mazkur qurilmalar markaziy serverga mobil aloqa operatorlarining aloqa xizmatlari orqali gidropostdagi suv sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuborish uchun mo‘ljallangan.

O‘tkazilgan o‘lchovlar davomida viloyatdagi har bir gidropost joylashgan hududlarga borgan holda, hududdagi mobil aloqa operatorlarining mobil aloqa va internet xizmatlarining qamrovi holati hamda 2G, 3G va 4G texnologiyalaridagi xizmatlarning signal sathlari bo‘yicha o‘lchovlar amalga oshirildi.

Shuningdek, o‘lchovlar davomida viloyatdagi suv xo‘jaligi mas’ul xodimlariga har bir o‘lchov manzillaridagi o‘lchov natijasida eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

photo2025-11-2017-13-08.jpg

O‘lchov ishlari yakunlanganidan keyin olib borilgan o‘lchov natijalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy shu’basiga taqdim etilishi rejalashtirildi.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi I.O.Tojiyev

Faylni tanlang