"EMMM" DUK yangiliklari

"Sun'iy yo'ldoshli aloqa texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish" mavzuida seminar

2018 yil 22-23 mayda "EMMM" DUK mutaxassislari Minsk, Belarussiyada "Sun'iy yo'ldoshli aloqa texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish va tajriba almashinuvi" Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining hududiy seminarida ishtirok etishdi.

Tadbir tashkilotchilari "GIPROSVYAZ" OAJ bilan birgalikda Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vazirligi va Xalqaro elektraloqa ittifoqi ko'magida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Seminarda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

• sun'iy yo'ldosh aloqa texnologiyasi, normativ tartibga solish va ma'muriy jihatlari;

• yo'ldoshli aloqa texnologiyalarini rivojlantirishning texnik jihatlari;

• spektr va orbital resurslardan samarali foydalanish;

• yo'ldoshli aloqa texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari.

Seminar dasturida BELINTERSAT-1 sun'iy yo'ldoshning nazorat stantsiyasiga tashrif o‘z ichiga olgan.

Muallif - RTMB muhandisi Ishanhodjaev O.

Faylni tanlang