"EMMM" DUK yangiliklari

BRK-23 qiziqishlari doirasida ayollar tarmog‘i

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan 2021- yil 3-dekabr kuni Xalqaro elektraloqa ittifoqining “BRK-23 qiziqishlari doirasida ayollar tarmog‘i” tanishtiruv sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

BRK-23 (NOW4WRC23) ayollar tarmog‘ining maqsadi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK) doirasida ularning salohiyatni oshirish jarayonini erta boshlash va shu orqali ayollarning BRK-23 davomida delegatlar, raislar, rais o‘rinbosarlari va boshqalar sifatida faolroq ishtirokini rag‘batlantirishdan iborat.

Tashabbusning asosiy maqsadlari:

  • delegatlar o‘rtasida gender muvozanatini taʼminlash;
  • BRKda asosiy vazifalarni bajarish uchun ayol delegatlarini tayyorlash;
  • Jamiyatlarda XEI ayollar salohiyatini oshirish va ularning jamiyat hayotiga qo‘shayotgan hissasini oshirish.

Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlikning vakili A.T. Tiyanak (Qozog‘iston) BRK-23 tashabbusi doirasida ayollar tarmog‘ining hamraisi etib saylandi.

O‘zbekiston Respublikasining radioaloqa, radioeshittirish va elektromagnit moslashuvi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning BRK-23 va umuman XEI-Rda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash, bilim almashish, aloqalarni o‘rnatish maqsadida murabbiylik tizimi yaratildi.

A.T. Tiyanak xabar berganidek, murabbiylar sifatida BRKda va XEI-Rning boshqa tuzilmalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan ayollar va erkaklar bo‘lishi mumkin. Murabbiylar BRK-23 kun tartibidagi masalalarga muvofiq tanlanadi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa maʼmuriyatidan murabbiylik dasturiga ikkita ariza topshirildi (N.P. Rozikulova, A.O. Kudratova).

Taqdimot davomida seminar ishtirokchilari tomonidan murabbiylik dasturiga arizalar topshirishda yuzaga kelgan masalalar muhokama qilindi, shuningdek, ASHHda ushbu ishni faollashtirish shakllari, shu jumladan ASHH tashkilotining Radiochastota spektri va yo‘ldosh orbitasidan foydalanishni boshqarish Komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar berildi.

A.O. Kudratova

Faylni tanlang