"EMMM" DUK yangiliklari

Shaxmat bizning hayotimizda

Shaxmat (fors. شاه مات ‘shox mot’, “shox vafot” tom ma’noda tarjima)- 64 kataklik doskada turli xildagi shaxmat figuralari bilan o‘ynaladigan ushbu o‘yin o‘zida aqliy fikrlashga undaydigan sport turini ask etadi. Shaxmat odatda ikkita o‘yinchini bir-biriga qarshi bellashuvidan iborat.

“Nima uchun shaxmat o‘ynashni o‘rganish kerak?” degan savol hozirda O‘zbekistonda dolzarb emas. Shaxmat o‘ynashning jamiyatga foydasi katta, beqiyos. Shifokorlarning fikricha shaxmat o‘ynash katta yoshdagi insonlarda Alsgeymer kasalligiga chalinishni bir necha marotada kamaytirib, yosh bolalarda aqliy rivojlanishdan ortda qolishni oldini oladi.

 Iqtidorli shaxmatchilarni tayyorlash, shuningdek, insonning aql-zakovati va fikrlash jarayonini rivojlantirishuvchi sport turi bo‘lgan shaxmatni yanada ommalashtirish maqsadida oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan bu borada bir nechta qarorlar qabul qilindi, masalan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.08.2018 - yildagi “O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3906 - sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2021 yildagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4954 – sonli Qarorlari shular jumlasidan.

Xo‘sh, nima uchun shaxmat juda foydali? U ko‘plab ko‘nikmalarni rivojlantiradi: muloqot qobiliyatini, nostandart fikrlashni, intellektual ko‘nikmalarni va fikrlashning moslashuvchanligini.

Zamonaviy dunyoda aloqa o‘rnatish qobiliyati asosiy rol o‘ynaydi. Bularga misol qilib, odamlar bilan yangi aloqalarni o‘rnatish, har qanday suhbatni qo‘llab-quvvatlash va yoqimli suhbatdosh bo‘lib qolish qobiliyati, muzokara qilish va o‘z fikrida tura bilish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Ushbu ko‘nikmalar shaxmat bilan faol shug‘ullanganda yaxshi rivojlanadi. Odamlarda muloqot doirasi kengayadi, o‘zini to‘liq namoyon qilishning yangi imkoniyatlari mavjud bo‘ladi va eng muhimi, o‘z-o‘zini anglash, o‘zlikni hurmat qilish ko‘tariladi.

Shaxmat inson zakovati uchun ajoyib mashg‘ulot. Axir, partiya davomida inson miyasining ikkala yarmi ham ishtirok etadi va bir paytdning o‘zida mantiqiy va abstrakt fikrlash ham qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, shaxmat mantiq va tahlilni mukammal darajada rivojlantiradi, shuningdek, inson xotirasini mashq qildiradi. O‘yin davomida bizning miyamiz uzoq muddatli va qisqa muddatli xotiradan foydalanadi. Shaxmat o‘ynashda bolalarda ham, kattalarda ham diqqat, qat’iyat va konsentratsiya qobiliyati rivojlanadi.

H ar bir partiyaning maqsadi raqib ustidan g‘alaba qozonishdir. Bunga erishish uchun oldinda turgan yo‘llardan eng yaxshisini va eng qisqasini tanlay bilish lozim. Har bir ishtirokchining o‘yinni olib borishning o‘z uslubi bor, lekin ko‘p hollarda raqibning uslubiga moslashishga, bosim ostida qaror qabul qilishga, nostandart vaziyatlardan chiqish yo‘lini topishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘yinchining o‘z ustida ishlashiga sabab bo‘ladi. Chunki hech kim yutqazishni istamaydi.

Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ham bo‘sh vaqtlarida bir-birlari bilan raqobatlashib, shaxmat o‘ynashni yaxshi ko‘radilar. Bizning oramizda hech qanday grossmeysterlar bo‘lmasada, shaxmat o‘yinlari keskinlikni bartaraf etishga yordam beradi, norasmiy sharoitda muloqot qilish imkonini beradi, jamoada sog‘lom raqobat muhitni rivojlantiradi.


 

Navoiy viloyati EMMX muhandisi M.Y. To‘raqulov

Faylni tanlang