"EMMM" DUK yangiliklari

Sho‘rchi tumanida radioxalaqit manbai aniqlandi

Surxondaryo viloyati EMMX muhandislari hamda “COSCOM” MCHJ Termiz texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Sho‘rchi shahri va tumani hududida radioxalaqit manbasini aniqlash maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

photo2025-12-2916-17-49.jpg

photo2025-12-2916-17-57.jpg

2025-yil 24-dekabr kuni mobil radiomonitoring stansiyasi yordamida “COSCOM” MCHJning 3G va 4G standartlarida ishlovchi tayanch stansiyalariga ta’sir ko‘rsatayotgan radioxalaqit manbaini aniqlash bo‘yicha monitoring ishlari amalga oshirildi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Sho‘rchi shahri, Barkamol avlod ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda o‘rnatilgan mobil repitor (signal kuchaytirgich) “COSCOM” MCHJning 3G va 4G tarmoqlariga xalaqit berayotgani aniqlandi. Mazkur qurilma o‘chirilgach, radioxalaqit to‘liq bartaraf etildi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.E.ga noqonuniy o‘rnatilgan mobil repitor bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yozma ravishda ogohlantirish berildi.

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang