"EMMM" DUK yangiliklari

BRK-12 ga tayyorgarlik bo‘yicha HEQ yig‘ilishi

14 sentabrdan 16 sentabrgacha Afrika elektraloqa qo‘mitasi bilan hamkorlikda Xalqaro Elektraloqa Qo‘mitasi Radioaloqa Byurosi tomonidan 2012 yil Butunjahon radioaloqa quriltoyiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilish Jenevadagi HEQ binosida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish janob Abubakr Zurmb (Kamerum Respublikasi) raisligida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 54 mamlakatdan 114 delegat va boshqa xalqaro tashkilot va hududiy guruhlardan 64 delegat ishtirok etdi.
     Ushbu yig‘ilish davomida Radioaloqa byurosining Butunjahon radioaloqa quriltoyiga tayyorgarlikning umumiy holat jarayoni bo‘yicha chiqishlari tayyorlandi, shuningdek barcha hududiy guruhlardan, shular qatorida BRK-12 kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ham kiradigan Aloqa sohasidagi hududiy hamkorlik tomonidan ma`ruzalar tinglandi.
     BRK-12 kun tartibiga qo‘yilgan masalalar 4 qismga bo‘lindi va har bir masalar keyin baxs-munozaralar olib borildi. Yig‘ilish ishtirokchilarga BRK-12 kun tartibiga qo‘yilgan masalarga doir olib borilayotgan tekshiruvlar, shuningdek umumiy takliflarning dastlabki loyihalari, hududiy guruhlar va ba`zi tashkilotlar pozitsiyasi yuzasidan axborot va fikr almashish imkoniyatini berdi.
     Yig‘ilish “qog‘ozlarsiz” tashkil etildi, ya`ni hujjatlarga HEQ veb-saytida ega bo‘lish mumkin edi http://www.itu.int/ITU-R/index.asp?category=conferences&rlink=wrc-12-regional-atu-09⟨=en .
     Ushbu tadbir doirasida AHH va spekrt boshqaruvi (ASMG) bo‘yicha Arab mamlakatlari hududiy guruhi vakillari o‘rtasida konsultativ uchrashuv tashkil etildi. Tomonlar BRQ-12 kun tartibiga qo‘yilgan bo‘limlar to‘g‘risida fikr almashdilar. Ko‘p masalalar yuzasidan tomonlarning fikrlar mos kelganligi alohida takidlab o‘tildi.
     Yig‘ilish ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa Administratsiyasidan ham vakillar ishtirok etdilar.
     RTMB boshlig‘i Xashimxodjayev A.X.
 

Faylni tanlang