"EMMM" DUK yangiliklari

Mamlakatimizda 5G tarmoqni holati va istiqboli

Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari allaqachon dunyoda yarim milliarddan ortiq odam tomonidan foydalanib kelinmoqda va 5G texnologiyasi keng qo‘llanilgach, hayot va biznesning ko‘plab sohalari tubdan o‘zgaradi: tibbiyot, transport, sanoat va hatto shaharlarning tashqi ko‘rinishi.

 

5G avvalgi aloqa standartlaridan birinchi navbatda internetga ulanish tezligi bilan farq qiladi, bu hozirgidan ham 100 baravar yuqori tezlik va katta hajmdagi ma‘lumotlarni qisqa vaqtda tezroq yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi. 5G texnologiyalarining joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar hayotni tubdan o‘zgartiradi.

Xususan mamlakatimizda 5G tarmoqni ilk sinovlari 2019 yil sentabr oylarida Uzmobile va Ucell operatorlari tomonidan amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. SpeedTest yordamida amalga oshirilgan ana shu sinovlarda yuklab olish tezligi 1 376 Mbit/c gacha bo‘lgan tezlikni ko‘rsatgan.

Hozirgi kunda respublikamizda 5G tarmoq mobil aloqa operatorlar tomonidan Toshkent shahrida 3GPPning TS 38.101 texnik spesifikatsiyasiga asosan n77, n78 diapazonlari bo‘lgan 3,4-3,8 GGs radiochastota diapazonida 14 dona tayanch stansiyalar yordamida xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Istiqbolda respublikamizda 5G tarmoqni va keyingi avlodlarni yanada rivojlantirish maqsadida 3,4-3,8 GGs radiochastota diapazonidan tashqari 700 MGs, 1500 MGs, 1900 MGs, 25 GGs kabi diapazonlarda ham joriy qilish reja qilinib olingan.

 

HRAB etakchi muhandisi

Raximbaev A.T.

Faylni tanlang