"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan radioxalaqitlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

2022- yil 9- fevral kuni uyali aloqa operatorlari tomonidan Urganch shahrida joylashgan uyali aloqa tayanch stansiyalariga radioxalaqit ta’siri tufayli ish faoliyatida uzilishlar kuzatilayotganligi aniqlandi.

Ushbu mа’lumotni ko‘rib chiqish va radioxalaqit manbaini aniqlash maqsadida Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan 2022-yil 10-11-fevral kunlari radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Olib borilgan radiomonitoring ishlari natijasiga ko‘ra radioxalaqit manbaini bitta yuridik va bitta jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilib, foydalanilayotgan uyali aloqa signallarini kuchaytiruvchi moslamalar, ya’ni repitorlar radioxalaqitni keltirib chiqarayotganligi aniqlandi.

 

 

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda ogohlantirish xatlari taqdim qilinib, repitorlar ish faoliyati to‘xtatildi va radixalaqit manbalari bartaraf qilindi.

Xorazm viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A.J.Palyozov

Faylni tanlang