EMMM yangiliklari

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi bo‘lim, sho‘ba va chegara bojxona posti xodimlari hamda “zoom” platformasi orqali “Ayritom”, “Sariosiyo”, “Gulbahor” chegara bojxona postlari, “Sariosiyo” va “Boldir” temir yo‘l chegara bojxona posti, “Termiz- Aeroport” chegara bojxona posti xodimlari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Xalbayev kirish so‘zi bilan ochdi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy olib kirilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 2-toifali muhandisi Nabiyev Samadjon so‘zga chiqib, o‘z so‘zida  O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi to‘g‘risida va uning mazmun-mohiyati haqida aytib o‘tdi. Viloyat  hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalani noqonuniy olib kirish holatlari aniqlanganda, ushbu holat yuzasidan tashkil etilgan tadbirlarda bojxona organlari xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib kirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tdi va mazkur masala yuzasidan zarur tushunchalar berdi. Unga ko‘ra bevosita hamkorlikda ushbu radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini hujjatlashtirish, noqonuniy holatlani bartaraf etish, targ‘ibot- tashviqot ishlarini tashkil etishda va huquqbuzarlarga qonuniy choralar ko‘rishda hamkorlikni ta’minlash zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 

 


Kelgusida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar haqida va ularning turlari, olib kirish va foydalanish tartibi, noqonuniy foydalanish holatlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni bojxona chegarasi orqali olib kirish uchun ruxsatnomalar berish tartibi, foydalanishda va olib kirishda ruxsatnomalar talab etilmaydigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar haqida to‘liqligicha ma’lumot berib borish yuzasidan Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislarini jalb qilgan holda doimiy ravishda o‘quv seminarlarini tashkillashtirish kerakligi ta’kidlandi. 

 

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang