"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari fuqaro muhofazasi bo‘yicha qo‘mondonlik shtab o‘quv mashg‘uloti tadbirlarida 

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 2023-yil 21-23-noyabr kunlari fuqaro muhofazasi bo‘yicha qo‘mondonlik shtab o‘quv mashg‘uloti tadbirlari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari kuzatuvchi maqomida qatnashdilar.

O‘quv mashg‘uloti tadbirlari davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda bevosita qatnashadigan mas’ul korxona va tashkilotlarning barcha texnik vositalari ko‘rgazmali tarzda namoyish qilindi. Shuningdek, o‘zlariga biriktirilgan texnik uskuna va vositalarining imkoniyatlari bilan mashg‘ulot qatnashchilariga amaliy tarzda tanishtirib berildi.

O‘quv mashg‘ulotida qutqaruvchilarning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri va aniq harakat qilish, vaziyat oqibatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish, insonlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Ushbu  o‘quv mashg‘uloti davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.X.

Faylni tanlang