"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi diqqatga sazovor joylariga sayohat qildi

Mamlakatimizda turizm faoliyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib,  1993-yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon Turistik Tashkilotiga (BTT) a’zo bo‘lishligi xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.  

O‘zbekiston o‘zining ko‘plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda. Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi Farmoni bu yoʻlda navbatdagi amaliy qadamlardan biri boʻldi.    

     Surxondaryo viloyati EMMX xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning madaniy-maʼrifiy dam olishlarini tashkillashtirish maqsadida EMMM DUK kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Shahrisabz va Samarqand shaharlaridagi qator diqqatga sazovor joylariga sayohat qildi.  

      Sayohat  davomida Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari ziyoratgohlarning diqqatga sazovor joylari va u yerda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘tganlarning haqqiga duo qilishdi. Mazkur sayohat xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

 

Faylni tanlang