"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyatida noqonuniy ishlovchi radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

 Shu yilning yanvar, fevral oylarida Surxondaryo viloyati EMM xizmati, Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi va “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining  Surxondaryo viloyati hududiy sho‘basi xodimlari bilan respublikamiz hududida foydalanishga ruxsat etilmaydigan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir ishlari amalga oshirildi.

 sdgsdfgdfgq1000x450.jpg

Surxondaryo viloyati Termiz shahri, Angor tumani va Qiziriq tumanlaridagi  yoqilg‘i quyish shahobchasi va maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida jami 18 dona noqonuniy ishlovchi  radioelektron  vositalar aniqlandi. Radioelektron  vositalar egalariga efirda radioxalaqitlar hosil qilayotganligini va radiochastota spektridan noqonuniy ravishda foydalanayotganligi haqida tushuntirildi. Ushbu radioelektron  vositalar qonunga muvofiq ravishda  foydalanishdan to‘xtatildi hamda  ushbu qurilmalardan foydalanmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli ogohlantirish xatlari taqdim qilindi.

srgdfg1000x450.jpg

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.X.  

Faylni tanlang